Arsenal Saliba jarohati sabab yangi himoyachi izlamoqda
Ed Aarons ma'lumotiga ko'ra, "Arsenal" himoyachi Vilyam Salibaning jarohati tufayli yangi futbolchi izlash ishlarini tezlashtirmoqda.
Ed Aarons xabariga ko'ra, "Arsenal" klubi Vilyam Salibaning tibbiy ko'rik natijalarini o'z qarorgohida mustaqil baholamoqchi. Shundan so'nggina futbolchiga operatsiya zarurligi masalasida yakuniy qaror qabul qilinadi.
Shuningdek, "Arsenal" yangi himoyachi izlash ishlarini jadallashtirishni rejalashtirmoqda. Bunga Vilyam Salibaning belidagi muammolar sababli yangi mavsum boshini o'tkazib yuborishi mumkinligi haqidagi xavotirlar asos bo'lmoqda.