Duayt York: Benjamin Seshko "Manchester Yunayted"da 25 ta gol urishi kerak
Duayt York Benjamin Seshko "Manchester Yunayted" safida mavsum davomida 25 ta gol urishi kerakligini ta'kidladi.
🗣️ Duayt York Benjamin Seshkoning joriy mavsumdagi samaradorligi haqida fikr bildirdi:
"Bu mavsumda Benjamin Seshko "Manchester Yunayted" safida 25 ta gol urishi shart. U aynan shu ko'rsatkichni qayd etishi kerak. Men hatto bu maqsadni uning shartnomasiga ham kiritib qo'ygan bo'lardim.
Agar u bu vazifani uddalasa, jamoa g'alaba qozonadi, rivojlanadi va kutilayotgan natijalarga yaqinlashadi. Unda buning uchun barcha narsa bor: u maydonda bor kuchini beradi, ajoyib sifatlarga ega va hujumchi sifatida juda salobatli ko'rinadi."