Diogu Dalot: Kobbi Maynu uchun qiyin davrlar foydali bo'ldi
Diogu Dalot Ruben Amorim qo'l ostida o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgan Kobbi Maynu haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣️ Diogu Dalot Kobbi Maynuning Ruben Amorim qo'l ostida o'ynamayotgani haqida fikr bildirdi:
Agar rostini aytadigan bo'lsam, o'ylaymanki, bu unga foyda keltirdi. Buni aytish qiyin, chunki u fantastik futbolchi. Bu uni yanada kuchliroq qildi. Jamoa sifatida siz shunday qiyin davrlarni boshdan kechirishingiz kerak, chunki aynan o'sha damlar yaxshi lahzalarning qadriga ko'proq yetishga o'rgatadi.