Davit Gansko: «Atletiko»ga o'tish jarayoni haqida
Davit Gansko «Atletiko»ga o'tish jarayoni va Diyego Simeone bilan bo'lgan muloqoti haqida so'zlab berdi.
Davit Gansko «Atletiko»ga o'tish jarayoni haqida gapirib berdi:
«Al-Nasr» bilan ishlar o'xshamagach, to'satdan menga Diyego Pablo Simeone yozib qoldi. Biz yigitlar bilan nonushta qilib o'tirgandik, men ularga: «Xabarni qaranglar» dedim... hammaning og'zi ochilib qoldi. Bu senga o'zingni muhim o'yinchi ekanligingni his qildiradi», - dedi Gansko.