Inter Romero bilan shartnoma imzolash imkoniyatlarini o'rganmoqda
Daniele Vitiello xabariga ko'ra, «Inter» Kristian Romeroni transfer qilish imkoniyatlarini o'rganmoqda. Futbolchining narxi klubni to'xtatib qolgani yo'q.
Daniele Vitiello xabariga ko'ra, Kristian Romeroning 50 million yevrolik bahosi «Inter» rahbariyatini cho'chitgani yo'q. Milanliklar futbolchini diqqat bilan kuzatib borishmoqda va transfer imkoniyati paydo bo'lishini kutishmoqda. Romeroning jamoa himoyasini yanada kuchaytira olishiga ishonishmoqda.