Inter Spence transferi bo'yicha yakuniy qarorga keldi
CorSport xabariga ko'ra, «Inter» Spens uchun 40 million yevro to'lamoqchi emas. Klub boshqa nomzodlar, jumladan Jivayro Rid variantini ko'rib chiqmoqda.
CorSport xabariga ko'ra, agar «Tottenxem» Spens uchun so'ralayotgan 40 million yevrolik narxni pasaytirmasa, «Inter» boshqa futbolchi variantiga o'tadi. Hozirda Jivayro Rid nomzodi tobora jiddiyroq ko'rib chiqilmoqda. Shuningdek, ro'yxatda Vanderson va Belgali ham bor, biroq ular ikkinchi planda qolmoqda.