Ilaysh Moriba uchun APL klublari kurash olib bormoqda
Ilaysh Moriba uchun APLning bir qator klublari qiziqish bildirmoqda. "Selta" futbolchini 20 million yevro evaziga qo'yib yuborishga tayyor.
"Sanderlend", "Kristal Pelas", "Nottingem Forest", "Aston Villa" va "Xall Siti" klublari "Selta" safida to'p surayotgan Ilaysh Moribani o'z safiga qo'shib olish uchun kurashga kirishdi. ⚔️
Maliyalik yarim himoyachining shartnomasida 30 millionlik tovon puli ko'rsatilgan, biroq futbolchidan tezroq qutulishni istayotgan ispan klubi 20 million yevrolik taklifni ham ko'rib chiqishga tayyor. 💶
Nós Diario xabariga ko'ra.