Klub murabbiylar shtabi va tibbiyot bo'limi tarkibi tasdiqlandi
Klub murabbiylar shtabi va tibbiyot bo'limiga yangi tayinlovlar amalga oshirildi. Mutaxassislarning to'liq ro'yxati bilan tanishing.
Murabbiylar shtabining to'liq tarkibi quyidagicha ko'rinish olgan:
• Endryu Krofts — bosh murabbiy yordamchisi.
• Bruno Saltor — bosh murabbiy yordamchisi.
• Andreas Georgson — bosh murabbiy yordamchisi / standart vaziyatlar bo'yicha murabbiy.
• Markattilio Markattili — asosiy jamoa jismoniy tayyorgarlik murabbiyi.
• Marchello Kvinto — professional rivojlanish bosqichi katta murabbiyi.
• Kemeron Kempbell — individual rivojlanish bo'yicha murabbiy.
• Fabian Otte — darvozabonlar murabbiyi va Din Brill — darvozabonlar murabbiyi yordamchisi.
Shuningdek, klub tibbiyot bo'limi rahbari etib Ali Jeyms, sport rivojlanishi bo'limi rahbari etib Tom Tomblson hamda kuch va jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiy sifatida Agostino Tibaudi tayinlanganini tasdiqladi.