Mourinho «Real»da Pintusning qolishiga qarshi bo'lgan
Radio Marca jurnalisti Valentin xabariga ko'ra, Joze Mourinyu «Real»da Antonio Pintusning qolishiga qarshi bo'lgan va boshqa mutaxassisni olib kelmoqchi edi.
Radio Marca jurnalisti Valentin xabariga ko'ra, Joze Mourinyu «Real» futbolchilarining jismoniy tayyorgarligi uchun Antonio Pintus javobgar bo'lishini istamagan.
Mourinyu bu lavozimga «Benfika»da birga ishlagan A. Diashni olib kelmoqchi edi. U «Benfika»da jamoa deyarli jarohatlar bilan bog'liq muammolarga duch kelmasdi.
Pintusning klubda qolishi «Real» rahbariyatining talabi bo'lgan.