Samu Kosta «An-Nassr»ga o'tishga yaqin
«An-Nassr» Samu Kosta bilan 4 yillik shartnoma bo'yicha kelishuvga erishdi. Klub liganing moliyaviy nazorat qo'mitasi tasdig'ini kutmoqda.
🚨 a_altamimi11 xabariga ko'ra, «An-Nassr» klubi direktorlar kengashi va ijroiya qo'mitasi Samu Kostani tarkibga qo'shib olish bo'yicha barcha kerakli jarayonlarni yakunladi. Futbolchi bilan to'rt yillik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Klub hozirda transferni rasmiylashtirish uchun Liga moliyaviy nazorat qo'mitasining tasdig'ini kutmoqda.