Alvaro Kortes: "Barselona"da qolishni istayman"
Alvaro Kortes "Barselona" asosiy jamoasida qolish istagi va kelajagi borasidagi savollarga javob berdi.
Alvaro Kortes: Men shu yerda, Barsada qolishni istayman — bu mening xohishim, bolaligimdan orzu qilgan narsam. Klub qanday qaror qabul qilmasin, uni qabul qilaman va hurmat qilaman.
Alvaro Kortes: Bu har yozda sodir bo'ladigan holat — ko'plab ortiqcha gap-so'zlar, lekin aytganimdek, mening istagim shu yerda bo'lish va asosiy jamoada qolish.
Alvaro Kortes: Bu ilk mavsumoldi sinovi edi va o'zimni juda yaxshi his qildim. Rostini aytsam, ritmni juda oson ushlab oldim va garchi penaltilar seriyasida g'alaba qozona olmagan bo'lsak-da, mavsumoldi tayyorgarligi uchun bu yaxshi sinov bo'ldi.
Alvaro Kortes: Men dubldagi bosqichni allaqachon bosib o'tdim deb hisoblayman va istagim — shu yerda, asosiy jamoada qolish va o'z o'rnimni egallash.
Alvaro Kortes: Ha, shubhasiz, murabbiyning ishonchi va mavjud imkoniyatlar bilan — bu men istagan narsa.
Alvaro Kortes: Men u bilan gaplashmadim, lekin uning ishonchini his qilyapman va o'z o'rnimni egallay olishimga ishonchim komil.
Alvaro Kortes: Yo'q, klub qanday qaror qabul qilsa, bu men uchun eng yaxshisi bo'ladi, shuning uchun ular hal qilishadi. Aytganimdek, mening istagim shu yerda qolish.