Joze Mourinyo yosh yarim himoyachi Pitarchni kuzatmoqda
Jurnalist A. Esteban xabariga ko'ra, Joze Mourinyo 18 yoshli iqtidorli futbolchi Pitarchni "Real Madrid"ning mavsumoldi yig'inlarida sinab ko'rmoqchi.
📰 A. Esteban xabariga ko'ra: "Pitarchning o'yin uslubi Mourinyoga juda ma'qul kelmoqda. Shu sababli murabbiy 18 yoshli futbolchining imkoniyatlarini "Real Madrid"ning mavsumoldi yig'inlarida baholab ko'rmoqchi".
Boshqa klublardan takliflar ko'p bo'lishiga qaramay, Pitarchning maqsadi "qaymoqranglilar" asosiy tarkibidan joy olish uchun kurashishdir.