Parij klubi transfer oynasi yakuniga qadar tarkibni tozalashni rejalashtirmoqda
Parij klubi transfer oynasi yakuniga qadar yana 3-4 nafar futbolchi bilan xayrlashib, o'rniga yangi o'yinchilarni tarkibga qo'shmoqchi.
Parij manbalari xabariga ko'ra, «Parij» klubi endi transferlarni amalga oshirishda faol bosqichga o'tishi kerak. Transfer oynasi yopilgunga qadar yana 3-4 nafar futbolchining jamoadan ketishini kutish mumkin.
Ushbu ketishlar tarkibni muvofiqlashtirishga yordam beradi va vaziyatga qarab 1-2 nafar yangi futbolchini jalb etish imkonini yaratadi.