Lill prezidenti Ayyub Buaddi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi
Lill prezidenti Olivye Letang Ayyub Buaddining transferi bo'yicha tarqalgan xabarlarni rad etdi.
Lill prezidenti Olivye Letang Ayyub Buaddining kelajagi haqida gapirdi:
Hozircha hech qanday yangilik yo'q. OAV vaziyatni qanday qilib sun'iy ravishda kattalashtirayotgani meni hayron qoldiradi. Hech qaysi jamoa, hatto «osmonranglilar» bilan ham jiddiy muzokaralar olib borilmayapti. Men Ayyub kelasi mavsumda ham biz bilan qolishiga ishonchim komil.