⏰ «Komo» Yan Koutuni kutishda davom etmoqda.
📰 Tuttomercato xabariga ko'ra, braziliyalik himoyachi transferi Yulian Ryuersonning jarohati sababli vaqtincha kechikmoqda. Avvalroq tomonlar 20 million yevro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga kelishib olgani xabar qilingandi.
«Borussiya» Dortmund Ryuersonning tibbiy ko'rik natijalarini kutishga qaror qildi, shundan so'nggina Koutuning kelajagi bo'yicha yakuniy qaror qabul qilinadi. Hozircha himoyachi jamoa bilan mavsumoldi yig'inlarida ishtirok etmoqda, «Komo» esa kutish pozitsiyasida qolmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!