Xavi Simons «Barselona»dan nega ketgani haqida gapirdi
Barca Family News ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 14

Xavi Simons «Barselona»dan nega ketgani haqida gapirdi

❓«Barselona»ning asosiy jamoasiga kira olishingizga ishonganmidingiz?

🗣 Xavi Simons: «Ha, maqsadlarimga erishish borasida hech qachon ikkilanmaganman. Men doim o'zimga ishonganman. Bu manmanlik emas, bu hayotda xohlagan narsamga erishish uchun qobiliyatimga bo'lgan ishonch».

❓Ammo 16 yoshda reja o'zgardi. «Barselona» bilan o'sha suhbatlar qanday o'tgani va ketishingiz aniq bo'lgan payt haqida gapirib bering.

🗣 Xavi Simons: «Klub tomonidan ular menga ishonmasligi aniq edi. O'sha vaqtda men sukut saqlashni afzal ko'rdim, chunki diqqatimni maydonga qaratgandim. Ammo ular menga ochiqchasiga shunday deyishdi: «Bizda biz ishonadigan boshqa o'yinchilar bor. Biz senga shartnoma taklif qilmoqchimiz, lekin sen bizning loyihamizga chinakamiga kiradigan o'yinchi emassan». Men uchun qaror aniq edi.
Odamlar ichkarida nimalar bo'layotganini bilishmasdi, ularning fikri mish-mishlarga asoslangan edi. Mening pul uchun ketganim haqida gap-so'zlar tarqaldi. Bu menga og'ir botdimi? Albatta. Men u yerda butun umrimni o'tkazganman, turli vaziyatlarni boshdan kechirganman, bolaligim shu klubda o'tgan. Bu menga va oilamga og'riq berdi, chunki bu yolg'on edi.
Haqiqat oddiy edi: klubda boshqa yigitlarni afzal ko'rishdi. Men uchun bu normal holat edi — PSJda haqiqatan ham juda katta loyiha bor edi va men 16 yoshimdayoq dunyoning eng yaxshi o'yinchilari bilan birga mashg'ulot o'tkazayotgandim. Qaror qabul qilish oson bo'ldi».

❓PSJda siz Neymar, Messi va Mbappe bilan birga bo'ldingiz. 16 yoshda bu «Barselona»dagi hafsalasi pir bo'lganidan keyin taskin berdimi?

🗣 Xavi Simons: «Do'stlarim so'rashganda, men o'sha paytda qabul qilgan eng yaxshi qarorim shu bo'lganini aytaman. 16-18 yoshimda ular bilan har kuni mashg'ulot o'tkazganman. Odamlar «Axir sen 16 yoshda o'ynamagan-ku» deyishlari mumkin. Albatta, chunki yonimda Neymar, Mbappe va Messi bor edi! Ular har bir o'yinda maydonga tushishni xohlashgani uchun o'ynash haqiqatan ham qiyin edi. Ammo ular bilan har kuni birga bo'lish, maqsadlariga erishish uchun nimalar qilishayotganini ko'rish — men olgan eng yaxshi tajriba edi».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!