📰 Marca xabariga ko'ra, Real Madrid Vinisiusga shartnomani uzaytirish bo'yicha taklif qilingan shartlar yakuniy ekanligini ma'lum qildi. Klub vingerga boshqa yangi takliflar bermaydi. Madridliklarning braziliyalik futbolchiga yo'llagan xabari quyidagicha: Biz jamoada qolishingni istaymiz. Agar qolishni xohlasang, taklif stol ustida turibdi.
Shu sababli, Vinisius kelasi yozda yakuniga yetadigan shartnomasini uzaytirishi yoki Madrid klubi transfer oynasi yopilgunga qadar uni sotish imkoniyatini ko'rib chiqishi kerak. Bundan tashqari, rahbariyat hujumchining agentlariga agar u yangi shartnoma imzolamasdan klubda qolsa, kelgusi mavsumda kamroq o'yin amaliyotiga ega bo'lishini tushuntirib qo'ydi.
Madridda Vinisiusni maoshini oshirishga loyiq bo'lgan asosiy futbolchi deb hisoblashadi, shu bois klub unga yaxshilangan taklifni taqdim etdi. Biroq madridliklar futbolchining maqomidan qat'i nazar, maoshlar tizimini buzmoqchi emas.
Arsenal vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda.
🖥 The Athletic (Kortegana) ma'lumotiga ko'ra, Arsenal Vinisiusga haqiqatan ham juda qiziqmoqda. Kanonirlar rahbariyati braziliyalik futbolchini transfer qilishga urinishni ma'qullagan.
Biroq 26 yoshli o'yinchi Madrid bilan shartnomani uzaytirmasligi kerak. Bu uning Arsenalga o'tishi uchun asosiy omil hisoblanadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!