❗Tonali «Tottenhem»ga emas, «Arsenal»ga o‘tishni xohlagandi
MailSport nufuzli jurnalistidan yana bir qator yangiliklar.
🛑 Nyu-kasldagi manbalarning tasdiqlashicha, Tonali uchun eng ma’qul variant «Arsenal» bo‘lgan, biroq moliyaviy shartlar to‘g‘ri kelmagan. «Arsenal»dagilar 100 mln yevro to‘lash, ustiga-ustak, futbolchiga haftasiga qariyb 280 ming funt maosh bilan olti yillik shartnoma taklif qilish — boshqa bitimlar uchun samaraliroq ishlatish mumkin bo‘lgan xarajat deb hisoblashgan.
🛑 Shuningdek, MailSport’ning xabar berishicha, Enso Fernandes «Arsenal» ichidagi ba’zi insonlarga yoqadi.
🛑 Aleks Skott shu yozda yangi chorlovlarni qabul qilishga tayyor. Ushbu transfer taxminan 80 mln funtga tushishi mumkinligi aytilmoqda.
🛑 Ben Uaytga hali ham bir nechta klublar tomonidan qiziqish bor, biroq uning tizzasidagi medial yon boylam jarohati ma’lum xavotirlarni keltirib chiqarmoqda. Shu bilan birga, futbolchining o‘zi eng yuqori saviyada — Chempionlar ligasida o‘ynashni davom ettirmoqchi.
🛑 «Barselona» va «Real» tomonidan qiziqishlar bo‘lishiga qaramay, Inkapie hamda Kalafiori «Arsenal»da qoladi.
🛑 «Arsenal» Ezri Konsaga dastlabki qiziqishni bildirdi. Xabar qilinishicha, «Aston Villa» futbolchini taxminan 50 mln funtga baholamoqda, «Arsenal» esa uning narxini 35 mln funtga yaqinroq deb hisoblaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!