The Athletic: "Liverpul"ning transfer rejalari va Barkolya atrofidagi vaziyat
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Transfer 👁 13

The Athletic: "Liverpul"ning transfer rejalari va Barkolya atrofidagi vaziyat

The Athletic nashri transferlar dayjestida "Liverpul"ning kelgusi rejalari va tarkibdagi o'zgarishlar haqida ma'lumot berdi:

🛑 The Athletic yozishicha, Barkolya "Liverpul" uchun asosiy nishon bo'lib qolmoqda. PSJ futbolchini 145 million funtga baholamoqda. "Liverpul" esa bu narxni tushirishga harakat qiladi.

🛑 PSJ manbalarining ta'kidlashicha, bosh murabbiy Luis Enrike faqat motivatsiyaga ega o'yinchilar bilan ishlashni istaydi. Shu sababli, agar klub ko'zlangan summani olmasa, Barkolya keyingi mavsumda jamoada qolsa ham, maydonga tushmasligi mumkin.

🛑 Vinger uchun raqobat ham istisno qilinmaydi – "Arsenal" ham qiziqish bildirgan, biroq ular Vinisius transferini ustuvor vazifa deb bilishmoqda.

🛑 "Liverpul" yarim himoya va himoya chizig'ini kuchaytirish ustida ishlamoqda. Yarim himoyadagi qaror ko'p jihatdan Kertis Jons va Xarvi Elliottning kelajagiga bog'liq.

🛑 Trey Nyoni borasida katta umidlar bor, biroq u Iraolani ishontira oladimi yoki tajriba orttirish uchun ijaraga ketadimi, hozircha noma'lum.

🛑 Iraola "Liverpul" himoyasida tarkib chuqurligi yetishmayotganini tan oldi. Klubga ham markazda, ham o'ng qanotda o'ynay oladigan himoyachi kerak.

🛑 Kyeza Italiyaga qaytishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi, biroq u mavsumoldi turnesidagi g'alabadan so'ng jurnalistlarga jamoada qolib, o'z o'rni uchun kurashmoqchi ekanligini aytdi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!