Styur - Bu yerda ekanligimdan juda ham xursandman
Newcastle United ↗ ●●●●● Transfer 👁 26

Styur - Bu yerda ekanligimdan juda ham xursandman

🗣| Styur: «Bu yerda ekanligimdan juda ham xursandman. Bu Premer-liganing katta klubi va men doimo dunyoning eng kuchli chempionatida o‘ynashni orzu qilganman. Ushbu transferdan juda mamnunman.

«Ayaks»da o‘zimni xuddi uydagidek his qilardim. U yerga yetti yoshimda kelganman va faqat yaxshi xotiralar bilan ketyapman. Ammo «Nyukasl»dek klub qiziqish bildirsa, rad etish juda qiyin. So‘nggi kunlar juda tez o‘tib ketdi va men ushbu jamoaning bir qismi bo‘lganimdan baxtliman.

Men to‘p bilan ko‘p ishlashni va doimo oldinga qarab o‘ynashni yoqtiraman. O‘zimni chiziqlar orasida juda erkin his qilaman, yuqori tempni sevaman va g‘alaba qozonishni istayman».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!