Sky xabariga ko'ra, Amit Bhatiya boshchiligidagi konsorsium «Liverpul» klubi aksiyalarining kamida 30 foizini sotib olishga tayyor va bu sarmoyadorlar guruhiga qo'shilish uchun Amazon asoschisi Jeff Bezosga taklif bilan chiqqan.
Muzokaralar dastlabki bosqichda turibdi, yakunda qancha ulush sotilishi hozircha noma'lum. Agar konsorsium haqiqatan ham klub aksiyalarining 30 foizini qo'lga kiritsa, bu ko'pchilik tomonidan kelajakda nazorat paketini to'liq sotib olish sari qo'yilgan qadam sifatida baholanishi mumkin, ammo hozircha bu haqda gap ketmayapti.
Klub aksiyalarining 100 foizi taxminan 4.5 milliard funt sterlingga baholanayotganini hisobga olsak, bu 1.35 milliard funt sterling miqdoridagi sarmoya bo'ladi — ozchilik ulush uchun bu juda katta mablag'.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!