Rodri va "Real Madrid" o'rtasidagi transfer mish-mishlari haqida qarama-qarshi xabarlar
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 18

Rodri va "Real Madrid" o'rtasidagi transfer mish-mishlari haqida qarama-qarshi xabarlar

Radio Marca jurnalisti Valentin xabariga ko'ra:

Bir necha hafta oldin Mourinyu "Madrid" rahbariyatiga jamoaga to'pga kam tegib, hujumlarni kuchaytira oladigan futbolchi kerakligini ma'lum qilgan. Shu sababli "qirollik klubi" bosh direktori Sanches murabbiyning agenti Jorje Mendesh bilan bog'lanib, klub JCh yakunlangach Rodrini sotib olishga urinib ko'rishini aytgan. "Madrid" 30 yoshli tayanch yarim himoyachisining transferi juda qimmatga tushishiga ishonmayapti. "Manchester Siti" mundial arafasida Rodrini 55-60 million yevroga baholagan edi.

The Athletic yozishicha, Rodri "Real Madrid"ga o'tishga anchadan beri tayyor. Biroq "qaymoqranglilar" uni sotib olish niyatida emasliklarini aniq bildirishgan.

Ispaniyalik futbolchining atrofidagilar "Madrid" tomonidan qiziqish yo'qligidan hayratda. Hatto madridliklarning ba'zi top-futbolchilari ham Rodrining transferi jamoani sezilarli darajada kuchaytirishi mumkinligini ta'kidlashmoqda.

Biroq "Madrid" rahbariyati Rodrining klubga o'tishi mumkinligi haqidagi doimiy mish-mishlardan norozi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!