Rodri "Real Madrid"ga o'tishga tayyor
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

Rodri "Real Madrid"ga o'tishga tayyor

📻 Cadena SER: Rodri, agar klub uning transferini "Manchester Siti" bilan kelishib olsa, "Madrid"dan tushadigan har qanday taklifni qabul qilishga tayyor. 30 yoshli tayanch yarim himoyachisi uchun moliyaviy shartlar ikkinchi darajali. Ispaniyalik futbolchi "qaymoqranglilar" safiga o'tish uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.

📝 Fabrisio Romano: "Madrid"da Rodri uchun so'raladigan narxni bilishmoqchi, shundan so'ng Peres futbolchini sotib olishga rasmiy rozilik beradi. "Qaymoqranglilar" allaqachon uning agentlari bilan muzokaralar o'tkazib bo'lishgan.

Matteo Moretto: "Real Madrid" Rodri bilan shaxsiy shartnoma shartlarini to'liq kelishib oldi. Endi Ispaniya terma jamoasi sardori madridliklarning "Manchester Siti" bilan transfer summasi bo'yicha kelishuvga erishishini kutmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!