Roberto De Zerbi:
Hali hech narsa yakunlangani yo'q. O'ylaymanki, transfer oynasi yopilgunga qadar biz ko'proq qoniqish hosil qilamiz. Men klub egasi va direktorlar kengashi bilan ko'p gaplashdim — ular kelasi mavsum uchun juda kuchli jamoa tuzib, kelajak uchun poydevor qo'ymoqchi va klubni yana buyuk darajaga olib chiqmoqchi.
De Zerbidan Jeyms Meddison nima uchun dastlabki ikki o'yinda qatnashmagani haqida so'rashdi:
U so'nggi besh kun davomida umumiy guruhda shug'ullanmadi, xuddi Udoji kabi, lekin ularda jiddiy muammo yo'q. Shunchaki ehtiyot bo'lish va tavakkal qilmaslik kerak. «Sidney»ga qarshi navbatdagi o'rtoqlik o'yinda, balki Tonali va boshqalar maydonga tushar — ko'ramiz.
Roberto De Zerbi yosh futbolchilarda imkoniyat borligini, ammo ular o'zlarini ko'rsatishi kerakligini ta'kidladi:
Yosh futbolchilar o'zlarini ko'rsatishlari kerak, chunki men bilan ularda imkoniyat bor. Mantiqan, ular menga tayyor ekanliklarini, bu klubda o'ynash uchun zarur bo'lgan sifat va mentalitetga egaliklarini isbotlashlari kerak.
Ammo men tarkibni shakllantirayotganimda, futbolchilarning yoshiga hech qachon qaramayman. Men shunchaki ularning sifati va salohiyatini tahlil qilaman.
Roberto De Zerbi Archi Grey haqida yoshlar uchun namuna sifatida:
Ha, Archi yosh, lekin u mentalitet, o'yin, tajriba va karyera borasida yetuk futbolchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!