🚨 Roberto De Zerbi Sandro Tonalini «Tottenxem»ga olib kelish jarayoni haqida gapirib berdi:
Voqea juda oddiy. Men Sandro mavsum tugashidan oldin, balki «Chelsi»ga qarshi o'yindan avvalroq ketishni xohlayotganini sezgandim. Bizda «Breshiya» jamoasi menejeri bo'lgan umumiy tanishimiz bor. Men Tonali yozda «Nyukasl»dan ketishi mumkinligi haqidagi xabarni o'qidim va do'stimga shunday yozdim: «Sandroga aytib qo'y — agar biz ligada qolsak, men uning ortidan boraman». ✅🤝
O'n daqiqadan so'ng u javob berdi: «Men Sandroga aytdim, u bunga rozi». Shunda men aytdim: «Endi ligada qolishimiz uchun bitta o'yinda g'alaba qozonishimiz kerak!»
Men «Nyukasl»ning «Vest Xem»ga qarshi o'yinini 90 daqiqa davomida katta hayajon bilan tomosha qildim. Sandro birinchi bo'limni a'lo darajada o'tkazdi.
O'zimga o'zim dedim: Agar biz ligada qolsak — men ortingdan boraman, men ortingdan boraman, men ortingdan boraman! ✍️
Alasder Gold xabariga ko'ra.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!