Roberto De Dzerbi:
Transfer ishlari hali yakunlangani yo'q. O'ylaymanki, transfer oynasi yopilgunga qadar tarkibdan ancha ko'proq qoniqish hosil qilamiz. Egalari va rahbariyat juda kuchli jamoa qurishni hamda "Tottenxem"ni yana cho'qqiga qaytarishni istashmoqda.
Jeyms Meddison haqida:
U so'nggi besh kun davomida jamoa bilan shug'ullanmadi, xuddi Udoji kabi. Jiddiy narsa yo'q, biz shunchaki tavakkal qilishni istamayapmiz. Balki, ular keyingi o'rtoqlik o'yinida "Sidney"ga qarshi maydonga tushishar.
Yosh futbolchilar haqida:
Ularda o'zini ko'rsatish uchun imkoniyat bor, ammo ular tayyor ekanliklarini isbotlashlari kerak. Tarkibni tanlashda men hech qachon yoshga qaramayman — faqat sifat, salohiyat va mentalitetga e'tibor qarataman.
Archi Grey haqida:
U yosh bo'lsa-da, mentalitet, o'yin va tajriba borasida allaqachon yetuk futbolchi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!