Real Madrid tarkibni yangilashda qiyinchilikka duch kelmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 13

Real Madrid tarkibni yangilashda qiyinchilikka duch kelmoqda

El Mundo xabariga ko'ra, Madrid klubida biroz xavotir bor, chunki hozirgi vaqtda jamoaning biror bir futbolchisi klubni tark etishni istamayapti. «Qirollik klubi» rahbariyati ushbu vaziyatdan xavotirda.

Shu sababli, Madridning yozgi transfer oynasi uchun rejasi — sotuvlardan oldin xaridlarni amalga oshirish. Rahbariyat yangi futbolchilarning kelishi amaldagi o'yinchilarni jamoani tark etishga undaydi, deb hisoblamoqda.

Masalan, madridliklarning ayrim vakillari Kamavinga bilan xayrlashishni istashmoqda. Shu bilan birga, klubning boshqa rahbarlari hamon unga katta ishonch bildirishmoqda. 23 yoshli yarim himoyachining o'zi jamoada qolishni istaydi. U hali ko'p narsani isbotlashi kerakligiga ishonchi komil.

Asensio ham Real Madridni tark etishni xohlamayapti.

«Qaymoqranglilar» esa Gonsaloni qaytarib sotib olish huquqi bilan sotishni, shuningdek, Mastantuononi sotib olish huquqisiz ijaraga berishni rejalashtirmoqda.

Valverde va Gyuler — Madridning daxlsiz futbolchilari. 28 yoshli urugvaylikni sotish ehtimoli umuman yo'q, chunki u jamoa sardori hisoblanadi. Mourinyu unga tayanmoqda. Murabbiy, shuningdek, klub ham hozir, ham kelajak uchun katta umid bog'layotgan 21 yoshli turkiyalik futbolchidan juda mamnun.

Kortegana (The Athletic jurnalisti): «O'ylashimcha, Gonsaloning faoliyatini davom ettirish uchun ko'plab variantlari bor. Uning Fulxemga o'tishi istisno qilinmaydi»

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!