Cadena SER xabariga ko'ra, Asensio, Mendi, Kamavinga, Mastantuono, Endrik va Gonsalo yozgi transfer oynasida Real Madrid bilan xayrlashishi mumkin bo'lgan futbolchilar ro'yxatidan joy olgan. Ular klubni doimiy asosda tark etishi yoki ijaraga berilishi mumkin.
Shuningdek, Vinisiusga Arsenal, Tchuameni esa Manchester Yunayted tomonidan qiziqish bildirilmoqda.
Marca ma'lumotiga ko'ra, Kamavinga Madrid uchun daxlsiz futbolchi emas. Biroq klub 23 yoshli yarim himoyachini arzon narxda sotmoqchi emas. Fransiyalik futbolchining o'zi ham jamoadan ketishni osonlashtirmoqchi emas.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!