Real Madrid Rodri transferiga qiziqish bildirmoqda
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Transfer 👁 22

Real Madrid Rodri transferiga qiziqish bildirmoqda

🚨 Ramon Alvares xabariga ko'ra, so'nggi soatlarda "Real"ning Rodri borasidagi qarashi o'zgardi. Klubdagi barcha shubhalar tarqaldi va endi "Real" ispaniyalik futbolchini jiddiy ravishda o'z safiga qo'shib olmoqchi.

Rodrining o'zi ham ushbu transfer amalga oshishi uchun qo'lidan kelgan barcha ishni qilishga tayyor.

Futbolchining shartnomasi bir yildan so'ng yakunlanishini inobatga olgan holda, klub unga katta mablag' sarflashni istamayapti va "Manchester Siti" bilan maqbul narxda kelishib olishga umid qilmoqda.

Endi barchasi "Real"ning "Siti" bilan kelishuvga erisha olishiga bog'liq.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!