Matteo Moretto xabariga ko'ra: "Mourinho Rodri bilan bir necha bor shaxsan suhbatlashgan. Murabbiyga ispaniyalik futbolchi juda yoqadi, shu sababli u futbolchini Madridda ko'rishni istamoqda.
"Qirollik klubi" allaqachon "Manchester Siti" bilan 30 yoshli tayanch yarim himoyachisini transfer qilish bo'yicha rasmiy muzokaralarni boshlab yuborgan.
Onda Cero ma'lumotiga ko'ra: "Real Madrid" Rodri uchun 60 million yevro to'lashga tayyor. Klub ushbu summani futbolchi uchun adolatli deb hisoblamoqda.
Valentin (Radio Marca jurnalisti) xabariga ko'ra: "Madrid" "Siti" bilan muzokaralarni dushanba kuni boshlagan. Menga ma'lum bo'lishicha, "qaymoqranglilar" va "shaharliklar" o'rtasidagi kelishuv summasi bo'yicha hozirgi kelishmovchiliklar tomonlarning yakunda Rodri baribir "Real Madrid"ga o'tishiga ishonishlariga xalaqit bermayapti.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!