Real Madrid Mastantuononi sotishni reja qilmayapti
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 16

Real Madrid Mastantuononi sotishni reja qilmayapti

Fabrisio Romano xabariga ko'ra, "Real Madrid" so'nggi 3 hafta ichida Mastantuono bo'yicha 3-4 ta taklif oldi. Vingerga nafaqat La Liga klublari, balki xorij jamoalari ham qiziqish bildirmoqda.

"Real Madrid" 18 yoshli argentinalik futbolchini sotish niyatida emas. Madridliklar unga to'liq ishonishadi. Shu bois, klub Mastantuono bilan faqat uni ijaraga berish masalasini muhokama qiladi. Mourinyu ham o'yinchining kelajagi borasida qabul qilinadigan qarorda ishtirok etadi.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!