Fabrisio Romano xabarlariga ko'ra:
Yaqin haftalar ichida "Real Madrid" jamoaning bir qator muhim o'yinchilari bilan shartnomalarni uzaytiradi. "Qirollik klubi" ommaviy axborot vositalarida mish-mishlar chiqmagan futbolchilar bilan yangi kelishuvlar ustida ishlamoqda.
Juda tez orada Vinisiusning agentlari "Madrid" rahbariyati bilan kelasi yili yakuniga yetadigan shartnomani uzaytirish masalasini muhokama qiladi. Klub bu masalani imkon qadar tezroq hal qilmoqchi.
Federiko Valverde kelasi mavsumda "Madrid"da qoladi. Bu Mourinyuning qarori.
"Real Madrid" Mourinyuning iltimosiga ko'ra, Orelien Tchuameni bilan shartnomani 2031-yilga qadar uzaytirdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!