Xose Feliks Dias xabariga ko'ra, «Real Madrid» «Barselona»ning Negreyra ishi davrida qo'lga kiritgan barcha sovrinlari bekor qilinishini talab qilmoqda.
«Real Madrid» sudyadan «Barselona»ni 2010-yildan 2018-yilgacha bo'lgan davr uchun ichki nazorat tizimi to'g'risidagi to'liq ma'lumotlarni taqdim etishga majburlashni so'radi.
Bu klubda sport korrupsiyasiga qarshi qanday choralar ko'rilganini va ular amalda qo'llanilganmi yoki yo'qligini tekshirish uchun zarur.
Bundan tashqari, «Real» Fuqarolik gvardiyasidan Tresep, Radamanto va Best Norton kompaniyalarining hisob-fakturalari, to'lov topshiriqnomalari, ichki hujjatlari va audit natijalarini taqdim etishni so'ramoqda.
Hujjatlarga ko'ra, ushbu materiallar avvalroq so'ralgan bo'lsa-da, ular ish materiallariga kiritilmagan.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!