PSJ futbolchilari «Liverpul» nishonida
Шесть Элче ↗ ●●●●○ Transfer 👁 12

PSJ futbolchilari «Liverpul» nishonida

Fabris Xokins xabariga ko'ra, o'tgan yili «Liverpul» PSJga Bredli Barkolya bo'yicha taklif bilan chiqishga tayyor edi. O'shanda Parij klubi futbolchini sotmasligini ma'lum qilgandi. Bir yil o'tib vaziyat o'zgardi.

«Liverpul» PSJ futbolchini baholayotgan 170 million yevroni to'lash niyatida emas. Klublar o'rtasida muzokaralar hali boshlanmagan.

Barkolya yangi shartnoma imzolamaslikka qaror qilganidan so'ng, PSJ futbolchining ketish ehtimoliga tayyorgarlik ko'rmoqda va Yan Diomandeni asosiy transfer maqsadi sifatida belgilab oldi. Agar ushbu transfer amalga oshmasa, Parij klubi rahbariyati boshqa vingerga e'tibor qaratadi.

Shuningdek, «Liverpul» PSJning 18 yoshli vingeri Ibraim Mbaye bilan qiziqayotgan jamoalar qatorida. Unga «Tottenxem», «Manchester Siti», Dortmundning «Borussiya»si, «Bayer» va «Chelsi» ham da'vogarlik qilmoqda. PSJ yaxshi taklif tushsa, futbolchini qo'yib yuborishga tayyor, ammo uni 50 million yevrodan qimmatroqqa baholamoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!