«Lion» seleksiya bo'limi nomzodlarni tanlab berayotgan bo'lsa-da, har bir transfer bo'yicha yakuniy qaror Paulo Fonseka ixtiyorida qolmoqda. Portugaliyalik murabbiy Mattyo Lui-Jan va skautlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi hamda o'z talablariga javob bermaydigan futbolchi nomzodini rad etish huquqiga ega.
Paulo Fonseka: «Men uchun eng muhimi — bu xarakter. Juda kuchli o'yinchilar bor, lekin biz ularni shartnoma imzolash uchun tanlamaymiz. Biz muloqot qilamiz, ammo nimadir joyida emasligini tushunamiz va kelishuvdan voz kechamiz. Menga to'g'ri kayfiyat kerak. Men jamoada kamtarin o'yinchilarni ko'rishni istayman».
U bunga misol tariqasida «Lion» tarkibida ko'rishni juda istagan futbolchi — Mohamed Uedraogo'ni keltirib o'tdi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!