Odil Gornichek: «Nyukasl»ga o'tganimdan juda xursandman»
Newcastle United ↗ ●●●●● Matbuot 👁 4

Odil Gornichek: «Nyukasl»ga o'tganimdan juda xursandman»

Odil Gornichek «Nyukasl»ga transferi borasida o'z fikrlarini bildirib o'tdi:

So'nggi bir necha kun men uchun haqiqiy hissiyotlar girdobi bo'ldi. «Nyukasl»ning qiziqishi haqida ilk bor eshitganimdan to bugungi kungacha bo'lgan jarayon shunday kechdi. Hozir bu yerda ekanligimdan juda xursandman. Bu yangi chempionatda o'zimni sinab ko'rish uchun ajoyib imkoniyat va men bu chaqiriqni intiqlik bilan kutmoqdaman.
Klubdagi ilk daqiqalardanoq meni juda iliq kutib olishdi. Men darhol o'zgacha muhitni his qildim, atrofimdagi barcha menga tezroq moslashib ketishim uchun qo'lidan kelganini qildi.
«Nyukasl» haqiqiy futbol shahri ekanligini bilaman. «Sent-Jeyms Park»da 52 ming muxlis to'planadi, ular aqlbovar qilmas muhit yaratib, har bir o'yinda jamoani qo'llab-quvvatlashadi. Ular qarshisida maydonga tushadigan lahzani sabrsizlik bilan kutyapman.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!