Nyukasl transfer rejalarini ishlab chiqmoqda
Newcastle United ↗ ●●●●○ Transfer 👁 32

Nyukasl transfer rejalarini ishlab chiqmoqda

🚨 "Nyukasl" "Vulverxempton" yarim himoyachisi Joau Gomes hamda "Botafogo" futbolchisi Danilo qiziqish bildirmoqda. Danilo klub sport direktori Ross Uilson bilan "Nottingem Forest"da birga ishlagan.

Shuningdek, klub ro'yxatida Germaniya va Italiya chempionatlaridan nomzodlar bor, ammo ularning ismlari hozircha oshkor etilmayapti.

Klub yozgi transferlar oynasidagi tanqidlarni tushunib turibdi, ammo hozir o'tish davri ketayotganini ta'kidlamoqda. "Nyukasl" asta-sekin tayyor yulduzlarni katta summalarga sotib olish strategiyasidan voz kechib, tarkibni shakllantirishda boshqacha yondashuvga o'tmoqda.

Klub kamida yana 4 nafar yangi futbolchi bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.

🏅 Mark Douglas

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!