Nataniel Braun:
«Men nihoyat shu yerda ekanligimdan juda xursandman. Menda juda yaxshi taassurot qoldi, men ko'plab yigitlarni allaqachon tanirdim, hozir esa qolganlar bilan tanishyapman»
Braun «Bavariya»dagi maqsadlari haqida:
«Men nimalarga qodirligimni ko'rsatmoqchiman. Nimalarni qila olishim va nimalarni qila olmasligimni bilaman. Murabbiy menga kuchli tomonlarim nimada ekanligini ko'rsatdi — u bilan ko'p gaplashdik. Men imkon qadar ko'proq o'yinlarda maydonga tushib, jamoaga yordam berishni va yakunda sovrinlar yutishni istayman»
Braun «Bavariya»ga o'tishi haqida:
«Men uchun bu o'zgacha voqea, chunki men Bavariyadanman. Ambergdagi barcha — «Bavariya» muxlislari, endi shu yerda ekanligim esa haqiqiy aqldan ozish»
Braun o'zining kuchli va kuchsiz tomonlari haqida:
«Menda yaxshi tezlik va maydonni his qilish qobiliyati bor. Men bosh bilan o'ynashni yaxshilashim kerak, shuningdek, himoyaga qaytish ustida ham doimo ishlash mumkin»
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!