📰 Il Corriere dello Sport xabariga ko'ra, Napoli markaziy himoyachi izlamoqda.
👂 Gazeta ma'lumotlariga ko'ra, klub nishonida ikki nafar futbolchi bor. Bular «Lechche» safida to'p surayotgan portugaliyalik Tiagu Gabriel hamda «Yuventus» transferga qo'ygan Federiko Gatti.
☝️ Birinchi nomzod sport direktori Manna uchun allaqachon tanish va u futbolchini diqqat bilan kuzatib bormoqda. Ikkinchisi esa Massimiliano Allegri uchun yaxshi tanish.
🤏 Xabar qilinishicha, neapolliklar Gatti agenti bilan bog'lanishgan, ammo «Yuventus» bilan hali muzokaralar boshlanmagan. Himoyachining transferi taxminan 18-20 million yevroga baholanmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!