📰 Marca | Mourinyu Valverdega "Madrid" sardorlik bog'ichini topshirishdan voz kechmaydi. Murabbiy yarim himoyachini o'zining eng yuqori sport formasida bo'lganida asosiy tarkibning shubhasiz o'yinchisi deb hisoblaydi.
Mourinyu 27 yoshli urugvaylik futbolchini yana o'zining top-darajasiga qaytara olishiga ishonadi. Shu bois portugaliyalik mutaxassis Valverde bilan uchrashuv o'tkazib, barcha masalalarga, shu jumladan, yaqinda yuz bergan voqeaga [Tchuameni bilan bog'liq hodisa] oydinlik kiritishni rejalashtirmoqda.
📻 Serrano (Onda Cero jurnalisti): "Madrid"da Valverde o'z jamoadoshlaridan Tchuameni bilan bo'lgan mojaro uchun kechirim so'rashini istashmoqda. Va Mourinyu bu masalada asosiy rolni o'ynashi mumkin"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!