📰 Marca xabariga ko'ra, Mourinyu Gonsaloni «Real»da qolishga ko'ndirishga urinmoqda. Murabbiy ispaniyalik futbolchini tarkibdagi chinakam «to'qqizlik» mahoratiga ega yagona o'yinchi deb hisoblaydi.
Mourinyu Gonsaloda raqib markaziy himoyachilarini o'z darvozasi oldiga mixlab qo'yadigan, havodagi kurashlarda ustunlik qiladigan va o'yin uslubi o'zgarishi talab etilganda turli yechimlarni taklif qila oladigan hujumchini ko'rmoqda.
Portugaliyalik mutaxassis «Real»ga aynan shu uslubdagi hujumchi zarur deb hisoblaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!