↔️ Bugun ko'plab jurnalistlar Mbayga Yevropa klublari tomonidan katta qiziqish bildirilayotgani haqida xabar bermoqda.
Fabrisio Romano ma'lumotiga ko'ra, Dortmund klubi bir necha kun avval futbolchining jamoasi bilan bog'langan. Shuningdek, APL klublari ham unga qiziqish bildirmoqda.
Jamal xabar berishicha, Manchester Siti uning transferiga jiddiy qiziqmoqda. Mbayning o'zi ham jamoani tark etishni istamoqda, klub ham uni qo'yib yuborishga qarshi emas.
Santi qo'shimcha qilishicha, da'vogarlar qatorida Tottenxem, Aston Villa va Leypsig ham bor.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!