Mastantuono ijara masalasida "Real" va "River Pleyt" o'rtasida muzokaralar ketmoqda
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Transfer 👁 6

Mastantuono ijara masalasida "Real" va "River Pleyt" o'rtasida muzokaralar ketmoqda

🎤 Moretto (sobiq Relevo jurnalisti): "River Pleyt" "Madrid" bilan Mastantuononi ijara asosida qo'lga kiritish bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. 18 yoshli argentinalik futbolchi o'zining ona klubiga qaytishni istamoqda.

"Madrid"da esa Mastantuononing Yevropada qolishini ma'qul ko'rishmoqda. Futbolchiga La Liga, A Seriya va Bundesliga jamoalari, shuningdek, Portugaliya klublari qiziqish bildirmoqda.

ℹ️ Eslatib o'tamiz, "Real Madrid" Mastantuononi o'tgan yili yozda "River Pleyt"dan 63.2 million yevro evaziga (45 million tovon puli + klub tomonidan soliq xarajatlari va boshqa to'lovlar) sotib olgan edi.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!