La Gazzetta dello Sport nashrining xabar berishicha, Massimiliano Allegri kamerunlik yarim himoyachi Frank Anguissaning sport formasini tiklashga alohida e'tibor qaratmoqda.
«Massimiliano Allegrining Dimarodagi yig'in boshidagi ustuvor vazifalaridan biri Frank Anguissaning formasini tiklashdan iborat. «Napoli» chempionlik tarkibining kalit futbolchisi bo'lgan kamerunlik yarim himoyachi og'ir mavsumdan so'ng o'zining avvalgi konditsiyalarini qaytarib olishi kerak va «azzurri»ning yangi murabbiyi unga jiddiy ishonch bildirmoqchi», — deb yozadi La Gazzetta dello Sport.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!