Ben Jacobs xabariga ko'ra, «Manchester Siti» «Lill» yarim himoyachisi Ayyub Buaddini o'z safiga qo'shib olish bo'yicha muzokaralarni jadallashtirgan. «Lill» futbolchining transferi uchun 100 million yevro talab qilmoqda. Klublar o'rtasidagi muzokaralar o'tgan oydan beri davom etmoqda. Agar xaridor klub futbolchini ijaraga qoldirish yoki dastlabki kelishuvga rozi bo'lsa, transfer summasi kamayishi mumkin.
Jahon chempionati yakunlangach, Buaddi o'z kelajagini muhokama qilish uchun Olivye Letan bilan uchrashishi kutilmoqda. Letan avvalroq bergan intervyusida futbolchining jamoada yana bir mavsum qolishini istashini aytgan edi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!