🐢 «Real Madrid» Paragvay senatori Seleste Amarilya tomonidan futbolchimiz Kilian Mbappe shaniga aytilgan ayanchli irqchilik va ksenofobiya mazmunidagi gaplarni keskin qoralashini bildiradi.
Klubimiz siyosiy vakilga mutlaqo munosib bo‘lmagan bunday bayonotlarni qat’iy qoralaydi hamda butun dunyodagi millionlab insonlar, ayniqsa, bolalar uchun namuna bo‘lib xizmat qilayotgan futbolchimiz Kilian Mbappeni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini ma’lum qiladi.
Nafrat uyg‘otadigan bunday xatti-harakatlarga jamiyatda o‘rin bo‘lmasligi kerak. Futbol va sport tenglik hamda birdamlik maydonidir, «Real Madrid» irqchilik, ksenofobiya va zo‘ravonlikni butunlay yo‘q qilish yo‘lida ishlashda davom etadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!