📰 Marca | "Madrid" jamoasining jismoniy tayyorgarlik bo'yicha murabbiyi Pintus Mourinyuning iltimosiga ko'ra asosiy jamoa bilan ishlashda davom etadi.
Shu bilan birga, "qirollik klubi"ning sobiq darvozabonlar murabbiyi Llopis portugaliyalik mutaxassisning shtabiga kiritilmadi. Endilikda darvozabonlar bilan ishlash uchunN. Santush javobgar bo'ladi.
Har holda, "Madrid"da Llopisning xizmatlari yuqori baholanadi, uning shartnomasi yana 2 mavsumga mo'ljallangan. Shu sababli u klubda ishlashda davom etadi. Kelasi hafta tomonlar Llopisning "Madrid"dagi yangi lavozimini belgilab olish uchun uchrashuv o'tkazishi kutilmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!