Udine nashri Messaggero Veneto xabariga ko'ra, Lids Umar Sole uchun taklif tayyorlamoqda.
Ingliz klubi fransiyalik markaziy himoyachi uchun 21,5 million funt to'lashga tayyor. Udinese allaqachon transferga rozilik bildirgan. Shuningdek, futbolchi uchun Inter ham kurash olib bormoqda, ammo milanliklar moliyaviy jihatdan bu taklifni ortda qoldira olmaydi.
Endi barchasi Solening o'z xohishiga bog'liq. Himoyachi Italiyada qolib, katta klubda o'ynashni istamoqda.
Nashrning qo'shimcha qilishicha, Lids, qanchalik achinarli bo'lmasin, katta klub hisoblanmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!