🚨 Mundo Deportivo xabariga ko'ra, «Atletiko Madrid» Li Kan-in bilan bog'liq vaziyat yaqin orada hal bo'lishini kutmoqda. Ayni damda futbolchi Janubiy Koreyadan chiqib ketish uchun ruxsat kutmoqda.
Agar ruxsat yaqin orada olinmasa, klubning mavsumoldi turnesi boshlanishidan oldin Madridga borish o'z ma'nosini yo'qotishi mumkin.
Kechikishlarga qaramay, Li allaqachon «Atletiko» murabbiylar shtabi tomonidan ishlab chiqilgan jismoniy tayyorgarlik dasturlari va klub mutaxassislari tuzgan parhez rejalari asosida ishlamoqda.
«Atletiko»da uning jismoniy holati borasida hech qanday xavotir yo'q.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!