L'Equipe xabariga ko'ra, «Lion» hujumchi Lois Openda bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib oldi. Bu transfer muzokaralaridagi eng muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Futbolchi «Lion» loyihasiga qiziqish bildirmoqda va bosh murabbiy Paulu Fonseka qo'l ostida ishlashni istaydi.
L'Equipe ma'lumotiga ko'ra, «Lion» bir necha kun avval futbolchi bilan shartnoma shartlarini kelishib bo'lgan. Openda klub loyihasi, Chempionlar ligasida o'ynash imkoniyati va Paulu Fonseka bilan ishlash istagi tufayli «Lion»ga o'tishni ma'qul ko'rmoqda.
Hozirda «Lion» «Yuventus» bilan ijara shartlari, jumladan, sotib olish huquqi va maoshni taqsimlash masalalari bo'yicha muzokaralar olib bormoqda. Futbolchining yillik maoshi taxminan 8 million yevroni tashkil etadi.
La Gazzetta dello Sport xabariga ko'ra, Openda kamida shanba kuniga qadar «Yuventus» ixtiyorida qoladi va jamoaning «Standard»ga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida ishtirok etadi. Turinliklar futbolchini Angliya Premer-ligasi klublariga, xususan «Ipsvich» yoki «Koventri»ga sotishni afzal ko'rishmoqda.
«Lion» rahbariyati avvalroq Matis Tel («Tottenxem») va Arno Kalimuendo («Nottingem Forest») variantlarini ham ko'rib chiqqan edi, biroq Openda ustuvor maqsadga aylandi. Klub 30-iyulga qadar Chempionlar ligasi saralash bosqichi uchun tarkibni ro'yxatdan o'tkazishi kerak.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!